Blog

Krinj postlar🤦‍♂️

Dec 24, 2025

Ba’zan o‘zingiz yozgan shaxsiy hikoyalaringiz oʻzingizga oddiy, hatto ma’nosizdek tuyuladimi?Go‘yo buni hech kim o‘qimasa ham bo‘ladigandek.

Lekin vaqt o‘tib shuni tushundim:
bu hikoyalarni yozishning foydasi o‘quvchi uchun emas, avvalo yozuvchining oʻzi uchun ekan.

Bugun ma’nosizdek tuyulgan yozuv, ertaga tajribaga xulosaga yoki kimdir uchun aynan kerakli so‘zga aylanishi mumkin.

Ehtimol kimdur kuladi deb o'ylarsiz? Lekin kutmang, shunchaki kanal ochib shaxsiy fikrlaringizni yozib boring. Bu nafaqat kelajak uchun Nostalgia bo'lib qoladi, balki fikrlash va kreativlikni oshiradi.

Har bir yaxshi yozuvchi, kontent yaratuvchi yoki fikrlovchi inson
katta matnlar oldidan aynan shunday “oddiy” hikoyalardan boshlagan.
Shuning uchun ba’zan mukammallikni kutmasdan,
shunchaki yozishning o‘zi ham yetarli.