Blog

Men dasturchilar umuman kod yozmasligini istayman

Jan 18, 2026

Texnologiya olamida keskin fikrlari bilan tanilgan Nvidia asoschisi va bosh direktori Jensen Huang dasturchilar kelajagi haqida bahsli, ammo juda muhim fikr bildirdi:
Men dasturchilar umuman kod yozmasligini istayman

Uning fikricha, muhandisning asosiy vazifasi kod yozish emas, balki muammolarni hal qilishdir. Shuning uchun, agar sun’iy intellekt ishning bu qismini to‘liq o‘z zimmasiga olsa, yanada yaxshi bo‘ladi. Aytishicha, "Nvidia"dagi barcha dasturchilar allaqachon professional vayb-koderlardir, chunki ular butun ish kuni davomida sun’iy intellektdan foydalanadilar.

Jensen Huangning aytmoqchi bo‘lgani shuki, muhandisning eng katta vazifasi — kod yozish emas, muammoni to‘g‘ri tushunish. Kod esa faqat vosita. Agar bu vositani sun’iy intellekt tezroq va xatosizroq bajara olsa, nima uchun undan foydalanmaslik kerak?

Shuning uchun Nvidia dagi dasturchilar kun bo‘yi AI bilan ishlaydi. Ular “qaysi yechim to‘g‘ri?”, “qayerda xato chiqishi mumkin?”, “buni qanday soddalashtiramiz?” degan savollar bilan band. Kod yozish esa ikkinchi planda.

Dasturlash hech qachon faqat klaviaturani tez bosish bo‘lmagan. Bu fikrlash, mantiq va mas’uliyat.
Agar odam faqat sintaksisni bilsa, AI uni tezda almashtiradi.
Lekin muammoni tahlil qila oladigan, to‘g‘ri savol bera oladigan dasturchi har doim kerak bo‘ladi.

Gallery